Yangiliklar

OLIY MAKTABDA ACCA XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSI BOSHLANDI

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida АССА xalqaro malaka oshirish bo'yicha (Financial Accounting - F3) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (keyingi satrlarda MHXS) bo'yicha kurs boshlandi.

Kurs moliyaviy menejerlar, buxgalterlar, moliyaviy direktorlar va o'zlarining professional darajalarini oshirishni istagan menejerlar, shuningdek, MHXS o'tishlari kerak bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari uchun mo'ljallangan.

O'quv jarayonida, ishtirokchilar professional qarorlar qabul qilishni va MHXS amalda qo'llashni o'rganadilar, moliyaviy buxgalteriya tamoyillari, buxgalteriya hisobi, shu jumladan auditorlik xizmatlari va audit standartlari, moliyaviy koeffitsientlarni talqin qilish, moliyaviy hisobot maqsadlarini o'rganish va yakuniy moliyaviy natijalarni talqin qilish, MHXS bo'yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotlarni tuzish, birlashtirilgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, shu jumladan sho'ba korxonalari, ulushga ega korxonalar va qo'shma korxonalar, foyda va zarar hisobini tuzish, o'tish jarayonida kompaniyalar amalda duch keladigan asosiy muammolarni hal qilish.

Kurs davomiyligi 2 oy bo'lib, uning yakunda barcha ishtirokchilar tegishli sertifikat taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun:

АССА (The Association of Chartered Certified Accountants), sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi– moliya yo’nalishida yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlashni o’ziga maqsad qilgan global professional uyushma xisoblanadi. ACCA kurslarida MHXS bo’yicha uning asoslari va nozik jahatlarini o’tiladi, ya’ni, olingan ko’nikmalar bilan Siz dunyoning istalgan mamlakatida moliya, buxgalteriya, audit va boshqaruv sohasida muvaffaqiyatga erishishingiz uchun yetarlicha zamin yaratib beradi.