• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB XODIMLARI YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI VA DAVLAT XIZMATChILARI UCHUN ODOB-AXLOQ QOIDALARI BILAN TANISHTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan vazirlikning markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy bosh boshqarmalari xodimlari uchun, Zoom ilovasi orqali, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha maxsus o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini qonuniylik, Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, odob-axloq qoidalari,  ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar huquqlari, davlat xizmatchilarining ishda va ishdan tashqari vaqti hamda davlat xizmatchilarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, adolatlilik, halollik va xolislik, korruptsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, xizmat sirini qat‘iy saqlash, mansab vakolatlarini suiiste‘mol qilmaslik prinsiplari asosida amalga oshirishi shartligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yangi tahrirda mehnat shartnomasini tuzish bilan bog‘liq ayrim munosabatlar takomillashtirilmoqda. Xususan, ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yoshga aniqlik kiritilib, dastlabki sinov belgilanmaydigan shaxs toifalari kengaytirilyapti. Yangi tahrirda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi to‘g‘risida tushuntirish berildi. Mamlakatda yoki mintaqada favqulodda holat yoki karantin choralari e‘lon qilinganda xodimning roziligisiz mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish shartlari, jumladan, moslashuvchan qulay ish grafikiga o‘tish, to’liqsiz ish vaqti, masofadan turib ishlash, ish beruvchi va hodim majburiyatlari, mehnat ta’tili tartib qoidalari, mehnat daftarchasini elekron ravishda yuritish va boshqa dolzarb masalalar aniq belgilab berilganligi tushuntirildi.