• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VAKILLARI «TOSHKENT» RESPUBLIKA FOND BIRJASIGA TASHRIF BUYURISHDI

Joriy yilning 23 fevral kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining «Kapital bozori va birja ishi» va «Loyiha boshqaruvi» magistratura mutaxassisligi tinglovchilari o’quv jarayonlari doirasida «Toshkent» Respublika fond birjasiga tashrif buyurib, birja vakillari tomonidan iliq kutib olindilar va tashkilotning asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida fond birjasida yaratilgan shart-sharotlar, bu yerdagi texnologik jarayon va aksiyalarni olish va sotishdagi yangi joriy qilingan kompyuterlashtirilgan yagona tizim faoliyatini ham ko’zdan kechirdilar.

Shu bilan birga, fond birjasida tashkil etilgan muzey mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va tadbir so’ngida ular o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

O’z navbatida, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi nomidan «Toshkent» Respublika fond birjasiga yuqori saviyada tashkillashtirilgan qabul uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!