• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA UZPMA VAKILLARI IPMA BUTUNJAHON KONGRESSIDA

2019-yil 30-sentabrdan 2-oktabrgacha Merida shahrida (Meksika) "Loyihalarni boshqarish amaliyotida barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirish" loyihalarni professional boshqarish sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri IPMA 31-Butunjahon Kongressi bo'lib o'tdi.

Kongressda, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi, O'zbekiston Loyiha boshqaruvi Assotsiatsiyasi (UzPMA) vakillari, turli mamlakatlardan kelgan jahon darajasidagi ekspertlar, barqarorlik mavzusi bilan bog'liq loyihalarni boshqarishning turli jihatlarini muhokama qilgan akademik doiralar vakillari ishtirok etdilar.

Kongressning dasturi tabiiy energetika, infratuzilma, avtomobil va aerokosmik, agrobiznes, chekka qishloq xududlarini rivojlantirish, "aqlli" shaharlar yo’nalishini rivojlantirish, tog'-kon, turizm va atrof-muhitni rivojlantirish sohasidagi loyihalar tendentsiyalari va rivojlanishi bilan bog'liq ko'plab savol masalalarni o’z ichiga qamrab oldi.

Kongressning o’tgan 3 kunida 24 ta parallel panel munozaralar bo'lib o'tdi. Shuningdek, loyiha boshqaruvi sohasidagi xalqaro ekspertlarni, O'zbekistonda ta'lim va sertifikatlashtirish jarayonlariga jalb etish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Eslatib o’tamiz, IPMA 32-Butunjahon Kongressi 2020ning 22-24-sentyabr kunlari Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo'lib o'tadi.

 

Ma'lumot uchun:

IPMA Butunjahon Kongressi bir necha o'n yillik davomida biznes, amaliyotchilar, menejerlar, global kompaniyalar vakillari, etakchi olimlar, o'qituvchilar, professor-o'qituvchilar, talabalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, dasturlar va portfellarni boshqarish bo'yicha etakchi Jahon konferentsiyasi sanaladi.