• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA O'ZCHARMSANOAT UYUSHMASI O’RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Joriy yilning 23 iyun kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda “O'zcharmsanoat” uyushmasi vakillari o’rtasida, o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida, tomonlar o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko'zlangan asosiy maqsad - mamlakatda charm-poyabzal, charm-attorlik, mo'ynadan ishlab chiqariladigan tovarlarni yanada kengaytirish, sohada kichik biznes ulushini oshirish, Davlat xususiy sherikchilik tizimini qo'llash bo'yicha ilmiy takliflar berish, hamda uyushma tizimidagi korxona rahbarlari va xodimlarini qisqa muddatli tadbirkorlik ko'nikmalari bo'yicha o'quv kurslariga jalb qilish, menejmentda boshqaruv jarayoni, IT sohasida tadbirkorlik faoliyatini yuritish, sanoat 4.0 inqilobi, charm-poyabzal, mo'ynachilik, qorako'lchilik tarmoqlari sohasida  dizayn ishlari va texnologiyalari va boshqa yo’nalishlar bo’yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Shuningdek, Uyushmaga a'zo korxonalarning xodimlari uchun charm sanoati rivojlangan Italiya, Xitoy, Chexiya, Yaponiya va Angliya kabi davlatlarda tajriba orttirish bo’yciha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari ko’rib chiqildi.

Uchrashuv yuqori saviya va do'stona muhitda bo’lib o’tdi. Imzolangan bitim, tomonlarning hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi degan umiddamiz.