Oliy maktab va O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali xalqning turmush darajasini yaxshilash, aholining real daromadlarini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda va bu ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Shu bilan birga, kursning asosiy maqsadlaridan biri aholining tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamlarida (yoshlar va xotin-qizlar) biznes nazariyasi va amaliyotini o‘rgatish orqali tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishdir.
Oliy maktab va O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Hamkorlik qilshning asosiy maqsadlari:
Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli kurslarni tashkil etish tadbirkorlik faoliyatida zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menejment sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash va ularning professional saviyasini oshirish;
Assotsiatsiya tomonidan tavsiya qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarni Oliy maktab va uning hududiy filiallaridagi qisqa muddatli tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb qilishni tashkil qilish;
Assotsiatsiya xodim va mutaxassislari, Assotsiatsiya a’zolari uchun hududlarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish.