• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA ЕМТМ: MAVJUD HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) etakchi chet el ta'lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o'rnatish va hamkorlikni rivojlantirish, ular bilan ta'lim va boshqa sohalarda qo'shma hamkorlik dasturlarini amalga oshirish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

2020-yil 2 dekabr kuni, Oliy maktab direktori v.v.b., i.f.d, professor Xasanov Rustam Rabbimovich boshchiligida, Germaniyaning Evropa menejment va texnologiyalar maktabi (keyingi o'rinlarda–EMTM) prezidenti va boshqaruvchi direktori– professor Yorg Roxoll va hamkorlik dasturi bo'yicha direktori - professor Frantsiska Frank boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida ikki ta'lim muassasalari o'rtasidagi mavjud hamkorlikni mustahkamlash, xamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, ikki ta'lim muassasalari o'rtasida tinglovchilar, xodimlar va professor-o'qituvchilar bilan o'zaro almashuv dasturlarini tashkil qilish, malaka oshirish bo'yicha qisqa muddatli qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, EMTM professor-o'qituvchilarini Oliy maktabning ta'lim jarayonlariga jalb etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi hamkorlik, xususan, doktorlik dissertasiyalarini yozishda EMTM bilan birgalikda ilmiy rahbarlikni tashkil etish va boshqa ko'plab masalalar ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yuqori saviyada va juda samarali bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun:

EMTM (Evropa menejment va texnologiyalar maktabi) - Germaniyaning 25 etakchi kompaniyalari tomonidan 2002 yil asos solingan. Financial Tіmeѕga muvofiq, 2018 yil natijalariga ko'ra EMTM Germaniyaning eng zo'r biznes-maktablar reytingining 2-o'rnida, Evropada 24-o'rinda, uning EMBA va MBA datsurlari esa, tegishli ravishda, jahon reytingining 39 - va 88-o'rinlarida turadi.