• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab va AlmaU (Qozog'iston) o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

2021 yil 10 iyun kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) Qozogʻistonning “AlmaU” Olmaota menejment universiteti prezidenti - Asilbek Kojaxmetov xamda AlmaU rektori - Yerbol Suleymenov bilan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Oly maktab direktori - I. Umrzaqov mehmonlarni Oliy maktab tomonidan so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashvda tomonlar o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan hujjatga ko'ra, Oliy maktab va AlmaU quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini ko'rib chiqadilar:

  • konsalting va o'quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;
  • Qo'shma faoliyatni rivojlantirish, hamkorlikda tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish uchun professor-o'qituvchilar almashinuvi;
  • o'quv-uslubiy materiallar, adabiyotlar, maqolalar va o‘quv dasturlari masalalari bo'yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish;
  • akademik materiallar va akademik nashrlar almashinuvi;
  • o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish;
  • tadbirkorlik sohasida  tadqiqotlar va nashrlar ustida ishlash, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish;
  • tinglovchilar, professor-o'qituvchilar va ma'muriy xodimlar o’rtasida o'zaro malaka oshirish (stajirovka) qo’shma dasturlarini yo’lga qo’yish;
  • qisqa muddatli qo'shma kurslarni joriy etish;
  • xalqaro tadbirkorlik bo'yicha mahorat darslari, ma’ruzalar, konferensiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish;
  • “Ikki diplom” (double degree) qo'shma dasturlari, magistratura va doktorantura qo'shma loyihalarini.