• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB TINGLOVCHILARI UCHUN NAVBATDAGI MASTER-KLASS

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining «Kapital bozori va birja ishi» mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura tinglovchilari uchun iqtisodiyot fanlari doktori, professor Suyunov Dilmurod Xolmuradovich va O'zbeksiton Respublikasi qimmatli qog'ozlar markaziy dipozitariysining «Mijozlarga va davlat organlariga xizmat ko'rsatish» boshqarmasi boshlig'i Tashov Fayzulla Muratovichlar ishtirokida seminar-terninig (master-klass) bo'lib o'tdi.

Master-klass davomida tinglovchilarga markaziy depozitariyning asosiy vazifalari, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini joylashtirish, saqlash, aksiyadorlar va ularni hisobga olish reyestirini yuritish, markaziy depozitariyning kelajakdagi rejalari, aksiyadorlar bilan ma'lumot almashinishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, aksiyalarni fond birjalari orqali sotish va sotib olish kabi masalalar amaliy va nazariy jihatdan ko'rib chiqildi.