• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB TINGLOVCHILARI SUD ORGANLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

Bugun, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)  magistratura mutaxassisligi tinglovchilari “Tadbirkorlik huquqi” o‘quv fani doirasida Toshkent viloyat sudi binosiga tashrif buyurib ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Tashrif davomida Toshkent viloyati jinoyat, fuqarolik, ma‘muriy va iqtisodiy sudlar sudyalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tinglovchilarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqayotgan huquqiy nizolar to‘g‘risida ma’lumot berilib, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay‘ati va ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha ma‘muriy sud jarayonlarida bevosita qatnashdilar.

Uchrashuvda Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyalari J. Suyarov, N. Xudoyarov, yu.f.f.d, dotsent U. Saidaxmedov va Toshkent viloyat ma‘muriy sudi raisining o‘rinbosari U.Tursunov, sudyalar A. Aminov va G. Raximovalar qatnashib, tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

Fursatdan foydalanib, Oliy maktab nomidan Toshkent viloyat sudiga samimiy qabul va yuqori saviyada tashkillashtirilgan tadbir uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!