• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB TINGLOVCHILARI ARTEL ZAVODIGA TASHRIF BUYURISHDI

Korxona va tashkilotlarda amaliy mashg'ulotlar o'tkazish, professional ko’nikmalarni egallashda muhim sanaladi.  

Joriy yilning 11 noyabr kuni navbatdagi sayyor dars doirasida, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistratura tinglovchilari Artel zavodiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida tinglovchilarga ish jarayoni, ishlab chiqarishni boshqarish jarayoni, inson resurslarini boshqarish, shuningdek, muzlatgichlar va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish liniyasiga ekskursiya tashkil etilib, ular maishiy texnika yig'ish jarayonini jonli kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Ekskursiya -Artel mahsulotlarini O'zbekistonning barcha hududlari va qo'shni mamlakatlarga eksport va tashkil qilish bilan shug’ullanadigan logistika markazi balan yakunlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar qiziqarli tanishtiruv uchun o'z minnatdorchiligini bildirdilar va mahalliy ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish hajmidan hayratda ekanliklarini ta'kidladilar.