• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab professor-o’qituvchilarining kitoblari nashrdan chiqdi

Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, ijodkorlarning mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Har bir inson o'zining intellektual salohiyatini rivojlantirish haqida qayg'urishi kerak.  Bu uning jamiyat oldidagi burchi hisoblanadi. Intellektual rivojlanishning asosiy yo'li esa, bu — kitob o'qish.

Kutubxonaga kitob hadya qilish an'anasi asrlar davomida mavjud bo'lib, bugungi kungacha yetib kelgan. Kutubxonalar jamiyat manfaatida foydalanish uchun ulkan resurs va imkoniyatlarga ega. Shuning uchun, sovg'ani, birinchi navbatda, bilimga sarmoya sifatida, inson kelajagi ustuni sifatida qaraladi.

O’z navbatida, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi axborot-resurs markaziga, Oliy maktabning professor-o’qituvchilari - D. Suyunov, B. Xolbayev, Sh. Xusainov, E. Xoshimov tomonidan yangi nashr etilgan mualliflik ilmiy adabiyotlari sovg’a qilindi.

Ushbu nashrlar muhim ilmiy ahamiyatga ega bo’lib, O’zbekistonda zamonaviy korporativ boshqaruvi, menejment, loyiha boshqaruvi va boshqa yo’nalishlarda izlanishlarini o'z ichiga oladi.

Oliy maktab jamoasi, professor-o’qituvchilarni yana bir bor chop etilgan nashrlar bilan tabriklab, kitob fondiga qo'shgan hissalari uchun minnatdorlik bildiradi.