• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZRTXB GA TASHRIF BUYURISHDI

Korxona va tashkilotlarda amaliy mashg'ulotlar o'tkazish, professional ko’nikmalarni egallashda muhim sanaladi.  

Navbatdagi sayyor dars doirasida, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishish maqsadida, joriy yilning 3 mart sanasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining magistratura tinglovchilari “O‘zbekiston Respublika Tovar-Xom ashyo Birjasi” AJ ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, tadbir ishtirokchilari birja faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va ularga “O‘zRTXB” AJ faoliyati to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.

Tinglovchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qayta aloqaga chiqish tizimi, axborot xavfsizligi va server uskunalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shu jumladan, birjaning kelgusidagi rejalari, istiqbolli va yangi loyihalari, elektron tijoratni ommalashtirish, birja amaliyotiga innovatsion yechimlarni joriy qilish kabi ma’lumotlarga ham ega bo’ldilar.

O’z navbatida, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi nomidan “O‘zRTXB” ga yuqori saviyada tashkillashtirilgan qabul uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!