• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB LOGOTIPI BO’YICHA TANLOV G’OLIBI ANIQLANDI

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keying o’rinlarda-Oliy maktab), zamonaviy, sifatli logotipni yaratish maqsadida professional grafika dizaynerlari va badiiy mahoratga ega bo'lgan ijodkorlar uchun 2020 yil oktabr oyida tanlov e'lon qilgan edi.

Tanlov natijalari bo'yicha Oliy maktab rasmiy veb-sayti va Telegram kanali, boshqa ijtimoiy tarmoq va guruhlarda e'lon qilingan ijodiy ishlarni baholash komissiyasining qaroriga muvofiq, quyidagi logotip g'olib deb topilganini ma'lum qilamiz:

Komissiya a’zolari tomonidan Oliy maktab falsafasi, missiyasi, qadriyati va noyobligi aks ettirganligi, mazmunan va tarkiban ta'lim, fan, innovasiya va ilmiy tadqiqotlar tizimining o'ziga xos xususiyatlari, zamonaviyligi va jozibadorligi  va boshqa xususiyatlari inobatga olidi. 

Tanlovda faol qatnashgan va ijodiy ishlarini jo’natgan barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!