• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB DELEGATSIYASI STARKLAYD UNIVERSITETIDA

Joriy yil 9-dekabr kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) delegatsiyasining navbatdagi tashrifi Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biriga bo’ldi. Bu safar Oliy maktab vakillari Starklayd universitetiga (University of Strathclyde) bo’lishdi. Ushbu dargoh Glazgo shahridagi (Buyuk Britaniya) Shotlandiya tadqiqot universiteti xisoblanib, Shotlandiyada uchinchi yirik universitet sanaladi.

Uchrashuv doirasida tinglovchilar va professor-o'qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tinglovchilar bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish, boshqaruv kadrlar uchun qisqa muddatli qo'shma kurslarni tashkil etish va joriy etish, qo'shma ta'lim dasturlari va boshqa ilmiy-ta'limiy masalalar bo’yicha ustvur yo’nalishlar belgilab olindi.

Malumot uchun:

Starklayd universiteti 1796 yilda tashkil etilgan va 1964 yilda Buyuk Britaniyaning birinchi texnologiya universiteti bo’lgan. U uchta fakultet (muhandislik,gumanitar va ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar) va biznes maktablarini o'z ichiga oladi. Bu yerda yuzdan ortiq mamlakatdan talabalar tahsil olishadi. Universitet biznes maktabi britaniyaning top-10-ga, shuningdek, jahon biznes maktablarining 1% (Shotlandiyada yagona) va nufuzli uchta akkreditatsiya AACSB, EQUIS, AMBA ni olgan dunyoning etakchi biznes maktablaridan biri sanaladi.