• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY BIZNES MAKTABI VA ADJU UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA MAGISTRATURA «IT BUSINESS” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA “IKKI DIPLOM” (DUAL DEGREE) XALQARO DASTURIGA QABUL DAVOM ETMOQDA

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy biznes maktabi)  Janubiy Koreya Respublikasining Adju Universiteti bilan hamkorlikda quyidagi magistratura mutaxassisligi “ikki diplom” (dual degree) halqaro dasturiga to'lov-kontrakt asosida quyidagi ta'lim shakliga qabul davom etmoqda.

Qo‘shma taʼlim dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘qitishning 1 va 2-semestrlari Oliy biznes maktabi binosida (O‘zbekiston), 3 va 4-semestrlari Adju universiteti hududida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tadi. Qo‘shma taʼlim modelining (dual degree) bir yillik o‘qitish narxi 4 ming AQSH dollari.

Nomzodlar ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi IELTS (International English Language Testing System) bo'yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo'yicha 72 balldan kam bo'lmagan darajada ingliz tilini bilishi va tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishi yoki oliy ta'lim muassasalarini ingliz ta'lim tilida bitirgan bo'lishligi talab etiladi. Tinglovchi istisno tariqasida ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi xalqaro sertifikatini o'qishga qabul qilingandan keyin ikki oy davomida Oliy maktab qabul komissiyasiga topshirishi mumkin.

Magistraturaga kirish Komissiya a'zolari tomonidan nomzodlar bilan suhbat asosida va ingliz tilini bilishi darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo'lmasa ingliz tilidan test topshiradi.

O‘qishga hujjat topshirish elektron shaklda quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda Oliy biznes maktabning rasmiy veb-sayti orqali har 2023 yil 20 yanvar soat 18:00 ga qadar amalga oshiriladi:

  • davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
  • oliy yoki bakalavriat bo‘yicha maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  • 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
  • 086-U shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma;
  • Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa yoki o‘qishga kirgandan keyin ikki oy davomida).

“Ikki diplom” (dual degree) modeli asosidagi magistraturaga kirish istagini bildirgan davlat va xo‘jalik sub‘ektlaridan tashqari ochiq tanlov asosida ham (birinchi rahbarning imzosisiz, tavfsiya xatisiz) nomzodlar komissiyaga va veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga tegishli hujjatlarning nusxalarini topshirishi mumkin.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda ushbu havola orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.   

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Batafsil maʼlumot: +99871-239-03-02, +998-97-773-05-55; +99871-239-03-03.

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Instagram: instagram.com/gsbe.uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.