• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

OLIY BIZNES MAKTABI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI “TA'LIM FIDOYISI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANISHDI

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining, “Investitsiyalar va loyiha boshqaruvi” kafedrasi professor-o’qituvchilari - Sadriddinov Baxtiyor Badriddinovich va Alimov Baxodir Botirovich, hamda  “Strategik va moliyaviy menejment” kafedrasi  professor-o'qituvchilari - Muxitdinova Nodira Abdullayevna va Valiyeva Nasiba Xadiyatullayevnalar,  “Research and publications” ilmiy nashlar markazi ilmiy kengashining 2022-yil 26-avgustdagi 5-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida “TA'LIM FIDOYISI” nomli esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Oliy biznes maktabi rahbariyati va xodimlari ushbu munosib mukofot va e’tirof bilan samimiy tabriklaydi! Barchalariga yangi ilmiy yutuqlar va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!