• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

2019 yil 13 noyabr kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi satrlarda - Oliy maktab) va Pemandu Associates Sdn. Bhd. (Malayziya) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Pemandu Associates Malayziya Davlat boshqaruvi milliy institutining (INTAN) strategik hamkori xisoblanib, davlat sektorini o'zgartirish, biznes va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bilan shug'ullanadi.

Imzolangan hujjat davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, o'quv-uslubiy materiallar va o'qitishning yangi usullarini ishlab chiqish, o'qituvchilar bilan o'zaro almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, xalqaro standartlar talablari va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda qo'shma master-klasslar, seminarlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'lim tadbirlarini tashkil etish masalalari bo'yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu loyiha doirasida Pemandu Associates va Oliy maktab, 2019 yilning noyabr oxirlariga Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida, oliy va o'rta bo'g'in rahbarlari uchun «Malayziya istiqbolida loyiha va loyihalar portfelini boshqarish» bo’yicha bo'lib o'tadigan ixtisoslashtirilgan bir haftalik dasturni xamkorlikda ishlab chiqishdi.

Malumot uchun:

Davlat boshqaruvi milliy instituti (Xalqaro Davlat Boshqaruvi Instituti - INTAN) - Kuala Lumpur shahrida joylashgan Malayziya Davlat departamentining o'quv organi hisoblanadi

PEMANDU Associates o'zlarining milliy va biznes maqsadlariga barqaror va keng qamrovli tarzda erishish uchun yuqori darajadagi hukumat va mansabdor shaxslar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.