• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

IQTISODIYOTIMIZ O'ZGARISH DAVRIDA RAQOBATGA TAYYORMI?

Joriy yilning 22 noyabr kuni "KNOWLEDGE HUB" loyihasi doirasida, Biznes va boshqaruv respublika Oliy maktabida "Iqtisodiyotimiz o'zgarish davrida raqobatga tayyormi?" mavzusida Hikmat Abdurahmonov o’z nutqi bilan chiqish qildi.

Biznes va uning egalari o'zgarish davrida, biznesni qanday rivojlantirish kerakligi, qanday qiyinchiliklarga duch kelishi, moliyaviy muvozanatni yaratish, bozorning yangi o'yinchilari, xaridorlarning afzalliklari, yuqori raqobat, xodimlarning va o’zining malakasini oshirish zaruriyati, kompaniyani rivojlantirish uchun strategiyalarni ishlab chiqish va boshqalar xaqida ma'lumot berib o'tdi.

Shuningdek, qilayotgan xar bir ishda asosiy ustuvorliklarni belgilab olish, rejalashtirish va ularni amalga oshirish bo’yicha amaliy maslahatlar berdi.

Tadbir nazariy va amaliy materiallarga judayam boy bo’ldi.

Malumot uchun:

Hikmat Abdurahmonov-yurtimizdagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biri, O'zbekiston-Xitoy savdo uyi, CLG Leasing, GroundZero kovorking markazlari tarmog'i, Technoplaza biznes markazi, International Business Travel, Biznes laboratoriyasi, O'zbekistonda global tadbirkorlik tarmog'i, Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiatsiyasi (AMBiT), MediTech, Batiskaf Consulting kabi brendlarni o'z ichiga olgan HUMO Partners kompaniyalar guruhi rahbari xisoblanadi.