• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MALAYZIYA: NAVBATDAGI BOSQICH

Bugungi kunda, Islom moliyasi mustaqil va to'liq moliyaviy tizimiga o'tgan eng tez rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda Islom moliya yo’nalishini rivojlantirish katta istiqbollarga ega.

Joriy yilning 4 mart kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori, (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegasiyaning Malayziyaga tashrifi doirasida, mamlakatdagi yetakchi va eng yirik oliy o'quv yurtlaridan biri-Ilg'or Islom tadqiqotlari xalqaro instituti (International Institute of Advanced Islamic Studies) rahbariyati bilan uchrashdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu uchrashuv O'zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasining bevosita ko'magi bilan tashkil etilib ikki ta’lim muassasalari o’rtasidgai hamkorlikni kengaytirish bo'yicha navbatdagi qadam bo'ldi.

Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Islom bankchiligi va moliya sohasida qisqa muddatli qo'shma kurslarni joriy etish, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, tinglovchilar va xodimlar almashinuvi bo'yicha qo’shma dasturlarni ishlab chiqish, mahorat darslari, seminarlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish kabi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik o'rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida tomonlar uchrashuvning yuqori darajada o’tganligini qayd etib, o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlashda hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun:

Ilg'or Islom tadqiqotlari xalqaro instituti (International Institute of Advanced Islamic Studies, IAIS) Malayziya hukumati huzurida mustaqil notijorat tadqiqot markazi sifatida, 2007 yil sentyabr oyi Kuala Lumpur shahrida tashkil etilgan. Institut Islom va zamonaviy muammolar bo'yicha ob'ektiv ilmiy va siyosiy tadqiqotlar olib borishga, Malayziya, global musulmon jamoatchiligini tashvishga solayotgan va Islomning boshqa sivilizatsiyalar bilan o'zaro hamkorligiga bag'ishlangan.