• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MILLIY KАDRLАR ZАXIRАSIGА KIRITILGАN NOMZODLАRNING 4 KUNI

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar” uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursida: «Hududlarda mahalliy soliqlarni undirish va aholini o‘zini o‘zi band qilishni tashkil etish masalalari»,«Davlat fuqarolik xizmatchisining odob-ahloq qoidalari»,«Davlat xizmatida jamoatchilik bilan aloqalar va media savodxonlik»,«O‘zbekiston Respublikasining byujet tizimi, Davlat byujetining daromadlarini shakillantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplari» hamda «Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va professionallik tamoyillari, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tizimli tahlil» kabi mavzular asosida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun nazariy mashg‘ulotlar tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv jarayoniga Oliy maktabning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari shu bilan birga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, Axborot texnologiyalari va kommunikasiya-larini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Energetika vazirligi Elektr energetika tarmog‘ini isloh qilish loyiha ofis direktori o‘rinbosri jalb qilingan.