• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MILLIY KАDRLАR ZАXIRАSIGА KIRITILGАN NOMZODLАR UCHUN NАVBАTDАGI QISQА MUDDАTLI MАLАKА OSHIRISH KURSLАRI

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida, Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlandi.

 

        Milliy kadrlar zaxirasiga olingan 50 nafardan ziyod davlat fuqarolik xizmatchilari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida malaka oshirmoqda.

    Jumladan, Qoraqalpogʼiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan milliy kadrlar zaxirasiga olingan nomzodlar uchun bir haftalik maxsus malaka oshirish kursi boshlandi.

    Mashgʼulotlar davomida nafaqat nazariy, balki amaliy mashgʼulotlar bilan birgalikda, tinglovchilar davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, korruptsiyaga qarshi kurash, davlat xizmatini raqamlashtirish, boshqaruv mahorati yoʼnalishlaridagi intellektual va professional salohiyatini oshirishga qaratilgan yoʼnalishlar boʼyicha oʼz koʼnikmalarini oshirish maqsad qilingan.

    Mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralar rahbarlari, professor-oʼqituvchilari tomonidan, inson resurslarini boshqarish, strategiyasi, loyihaviy boshqaruv, boshqaruv samaradorligi, mamlakatimizda maʼmuriy islohotlarning ustuvor yoʼnalishlari, boshqaruvda KPI tizimi va uning samaradorlik koʼrsatkichlari tizimini aniqlash, tadbirkorlik sohasida bugungi kundagi muammo va zamonaviy yechimlar, boshqaruv apparati, mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi – yoshlar dasturlari va yoshlar balansi, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, boshqaruv modelining ideal sifatlari, rahbarlik va liderlik kabi dolzarb mavzular yoritib berilmoqda.

    Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, bugun oldimizdagi muhim vazifalardan biri — rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olish, milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish.

    Milliy kadrlar zaxirasi – bu malakali kadrlar toʼgʼrisidagi axborotni oʼz ichiga olgan, davlat fuqarolik xizmatini malakali kadrlar bilan toʼldirilishini taʼminlaydigan maʼlumotlar bazasi hisoblanadi. Milliy kadrlar zaxirasi davlat sektorida rahbar kadrlar tarkibini barqaror taʼminlash, uning sifatini yaxshilash, davlat xizmatchisining kasbiy bilimini oshirish hamda xizmatda lavozimi boʼyicha koʼtarish maqsadida shakllantiriladi.