• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

“MILLIY KADRLAR ZAXIRASIGA KIRITILGAN NOMZODLAR” UCHUN NAVBATDAGI QISQA MUDDATLI KURSLAR DAVOM ETMOQDA

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan tegishli nomzodlar uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi.

 

            Ushbu maxsus maqsadli kurs dasturiga asosan, ayni chog‘da tizimda rahbarlikning samarali yo‘llarini topish, boshqaruv tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

            Davlat fuqarolik xizmati oldidagi eng muhim vazifa sifatida — aholini turmush darajasini yanada yaxshilash, xalqni rozi qilish, bugungi rahbarlar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida batafsil tushuntirildi.

      Shuni alohida ta’kidlash joizki, boshqaruv tizimiga ilg‘or xorijiy tajribasini milliy amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirish, hamda nazariyani va amaliyotni  integratsiyalashuvi qilishning muhim jihati hisoblanadi.

            56 akademik soatga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari yuqori malaka va tajribalarga ega bo‘lgan mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.