• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MILLIY KADRLAR ZAXIRASIGA KIRITILGAN NOMZODLAR UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSI

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi  Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida, Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlandi.

Milliy kadrlar zaxirasiga olingan 50 nafardan ziyod davlat fuqarolik xizmatchilari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida malaka oshirmoqda.

Qisqa muddatli malaka oshirish kursida mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralar rahbarlari, professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi dolzarb mavzular yoritib berildi: “Bugungi kundagi zamonaviy rahbar qiyofasi”, “Hududlarda loyihalarni boshqarish va uni samaradorligini aniqlash usullari”, “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”, “Hududlarni strategik rivojlantirishda o‘zgarishlarni boshqarish va forsayt”, “Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport va import amaliyotlarini moliyalashtirish”.

         Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlaruchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi joriy yilning 3-dekabrga qadar davom etadi.