• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MILLIY IQTISODIYOTDA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO'NALISHLARI

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining departament va boshqarmalarining tajribali mutaxassislari tomonidan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darslari.

2020 yil 9 dekabr soat 15:00 da “Milliy iqtisodiyotda kambag'allikni qisqartirish siyosati va uning asosiy yo'nalishlari” mavzusida maxorat darsi (onlayn shaklda) o'tkaziladi.

Ma'ruzachilar sifatida quyidagi ekspertlar taklif qilingan:

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi “Kambag'allikni qisqartirish strategiya va dasturlari” boshqarmasi boshlig'i – Djalilov Abdumalik Abduazizovich;

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "Kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlarining ijrosini tashkil qilish" boshqarmasi bosh mutaxassisi – Gafurov Bunyod Baxtiyarovich.