• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Milliy iqtisodiyotda biznes muhitini yaxshilash va zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishning ahamiyati” mavzusida mahorat-darsi bo’lib o’tdi

2021 yil 3 fevral kuni soat 15:00 da “Milliy iqtisodiyotda biznes muhitini yaxshilash va zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishning ahamiyati” mavzusida (onlayn shaklda) magistratura tinglovchilari uchun mahorat-darsi o'tkazildi. Mashg'ulot O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi “Biznes yuritish” va boshqa xalqaro reytinglar bilan ishlash boshqarmasi” boshlig'i o'rinbosari Kalandarov Akbar Pulatbaevich va boshqarma bosh mutaxassisi Toxirov Jaxongir Toxirjon o'g'li tomonidan o'tkazildi.

Mashg'ulotda asosiy e'tibor Jahon banki va xalqaro moliya korporasiyasining “Biznes yuritish” reytingi va tarkibiy indikatorlari bo'yicha ma'lumotlar, korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish, qurilish uchun ruxsatnomalar olish, elektr tarmog'i tizimiga ulanish, mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kredit olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqlar to'lovi, xalqaro savdo, kontraktlar ijrosini ta'minlash va to'lovga qobiliyatsizlikni hal qilish masalalariga alohida to'xtalib ma'lumotlar berib o'tildi.

Shu bilan birga, “Biznes yuritish” indeksi Jahon banki va Xalqaro moliya korporasiyasi tomonidan 2003 yildan boshlab yuritilishi, indeks yillik xisobotida 100 ballik tizimda baholanib, 190 mamlakat o'rganib chiqilishi va har yili (oktyabr-noyabr oylarida) mamlakatlarning egallagan o'rni aniqlanishi aytib o'tildi.

Korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish indikatorida tadbirkor sanoat yoki tijorat korxonasini qonuniy talablarga yoki umumiy qabul qilingan amaliyotga muvofiq ishga tushirishda, shuningdek, buning uchun tartibotlarni bajarishga ketadigan vaqt va xarajatlari hamda ustav kapitalining eng kam miqdoriga bo'lgan talabi hisobga olinishi, minoritar investorlarni himoya qilish indikatori, minoritar investorlarni manfaatlar to'qnashuvlaridan himoya qilish doirasida bir nechta subindikatorlar va investorlarning korporativ boshqaruvdagi huquqlarini esa ikkinchi turdagi subindikatorlar orqali o'lchanishi alohida ta'kidlab o'tildi.

Mahorat darsi tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi, uning davomida mavzu bo'yicha ko'plab savol-javoblar va fikr-mulohazalar bildirildi.