• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

FAN, TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA XALQARO ANJUMAN

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, YUNESKO va Islom taraqqiyot banki hamkorligidagi «O'zbekistonda inklyuziv fan, texnologiya va innovatsiya tizimini rivojlantirish» qo'shma loyihasi doirasida 2020-yil 18-fevral kuni Toshkent shahrida fan va texnologiyalarni rivojlantirish va integratsiyalash sohasidagi mutaxassislar uchun xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Xalqaro anjumanda bir qator tarmoq vazirliklari va idoralari, davlat boshqaruv organlari vakillari, olimlar, poytax oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, tadbirkorlar, hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, mazkur tadbirda Oliy maktabning ilmiy ishlar, innovatsion va xalqaro rivojlanish ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari - Yuldasheva Salomat Sharofitdinovna ishtirok etdi.

Loyihaning asosiy maqsadi innovatsion ekotizimning asosiy sub'ektlarini birlashtirib, innovatsion va ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun mamlakatda qulay shart-sharoitlar yaratish, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ilmiy-texnik faoliyat natijalaridan keng foydalanish, shuningdek, fan, texnologiya va innovatsiyalarning milliy tizimini shakllantirish va siyosatni takomillashtirishda zamonaviy mexanizmlarni joriy etishdan iborat.

Anjuman uchta tematik sessiyalarga bo'linib, unda fan, texnologiya va innovatsiya tizimining dinamikasi, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlarini hisobga olgan holda rivojlanishini qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilingan. Mutaxassislar tomonidan fan va innovatsiyalarni keng rag'batlantirish, ushbu sohada ilg'or xalqaro tajribani joriy etish zarurligi ta'kidlandi.

Tadbir so’mgida ishtirokchilar mamlakatimizda fan, texnologiyalar va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan o’zaro fikr almashdilar.

Seminar yakunlangach, S. Yuldashevaning YUNESKO vakillari bilan norasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda tomonlar davlat boshqaruvi sohasida qo'shma tadqiqotlar o'tkazish masalalarini muhokama qildilar.