• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA BO’LIB O’TADI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya

AXBOROT XATI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkillashtirilmoqda.

Ilmiy-amaliy konferensiya tili: o‘zbek, ingliz va rus tillari.

Konferensiya tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.

Hamkorlar: Handong Global University, European School of Business & Management (ESMT), Ajou University, Gachon University, Solbridge University, MIP, Jahon banki, BMTTD va boshqalar.

Tezislarni 2022 yilning 30 dekabrgacha conference@rgsbm.uz elektron adresga yuborishingiz mumkin.

Taqdim etilgan axborot aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgardir. Tezis matni tahrir qilingan va rasmiylashtirishning texnik talablarga qat‘iy mos kelishi kerak. Ilmiylik va texnik rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan, shuningdek, plagiatga asoslangan maqolalar ko'rib chiqilmaydi (ular haqida ogohlantirishni yoki tuzatishni tashkiliy qo'mita o‘z zimmasiga olmaydi).

Mualliflar faqat bitta tezis bilan ishtirok etishlari mumkin (hammuallif sifatida ikkinchi tezisga talabgorlik qilish huquqi beriladi). Konferensiya yakunlari bo'yicha konfentsiya materiallari to'plami chop etilishi rejalashtirilgan. Ekspertlarning ijobiy tavsiyasini olgan va nashr xarajatlari uchun to‘lovni amalga oshirgan mualliflarning tezislari konferensiya to'plamida chop etiladi. Konferensiya to‘plami chiqadigan davrga qadar tezis chop ettirilishi yoki rad etilganligi bo'yicha ma'lumot berishni tashkiliy qo'mita o‘z zimmasiga olmaydi.

Ilmiy ma'ruza tezislarini rasmiylashtirishga qo'yilgan texnik talablar:

  • tezis hajmi: tezis matni 3-5 betdan oshmasligi kerak;
  • matn muharriri – Ms Word;
  • varaq formati – A4 o'lchovli, kitob shakli, matnning har bir tomonidan – 20 mm;
  • shrift: garnitura – Times New Roman, 14 kegl’ kattaligida;
  • xat boshi – 1,0 sm, qator oralig'i – 1,5 intervalda;
  • tezis yuqori qismida mavzu bosh harflarda yoziladi, bir qatordan keyin o'ng tomonda muallif ma'lumotlari ko'rsatiladi. Bir qatordan keyin tezisning asosiy matni beriladi;
  • jadval va grafiklar Ms Excel formatida; rasm va sxemalar Ms Word formatida; formulalar Ms Equation muharririda;
  • barcha jadval, grafik, rasm va sxemalarning manbasi va izohi keltirilishi shart;
  • foydalanilgan manba va adabiyotga havolalar asosiy matn ichida [1] ko'rinishda bo'lishi lozim (na'munaga qarang).
  • fayl muallifning familiyasi va ismi bilan nomlanadi (misol uchun: Shodmonov_Abdula_tezis.doc).
  • Tezis yakunida muallif bilan bog'lanish uchun muallif uyali aloqa raqami ko'rsatilsin.

         Konferensiyaning tashkiliy badali va materiallar to'plamining nashr xarajatlari sifatida tezisning har bir beti uchun 30000 so'm deb belgilangan (to'lov rekviziti: 8600332939470633 [Riksiev Nematjon]).

Tashkiliy qo'mita manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

         Tel.: (99871) 239-03-17, 239-03-02.

 

 

Taqdim etiladigan tezislarni tarkibi bo‘yicha namuna

 

TEZISINING NOMI 

Shodmonov A.H. – Biznes va tadbirkorlik

oliy maktabi bolim bosh mutaxassisi, i.f.n., dots.

Shodmonov A.H. ((99)-000-00-00)

Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 

  1. Manba yoki adabiyot nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili va boshqalar.