• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENTSIYA

2021 yilning 23 dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ tuzilmalar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiya bo'lib o'tadi.

Konferentsiya quyidagi sho’balarni o'z ichiga oladi:

1-sho'ba. “Raqamli iqtisodiyot: jahon tajribasi, muammo va yechimlar, rivojlantirish istiqbollari”.

2-sho'ba. “Korporativ tuzilmalarda boshqaruv samaradorligini oshirish yo'nalishlari”.

3-sho'ba. “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish – kambag'allikni qisqartirishning ustuvor yo'nalishi sifatida”.

4-sho'ba. “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda loyihaviy yondashuv”.

5-sho'ba. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari”.

Konferentsiyaning ishchi tillari: o'zbek, ingliz va rus tillari.

Konferentsiya tashkilotchilari: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.

Hamkorlar: Handong Global University, Gachon University, Solbridge University, Ajou University, European School of Business & Management (ESMT), Jahon banki, BMTTD, BGEU, MIP va boshqalar.

 

Tezislar 2021 yilning 15 dekabr sanasiga qadar conference@rgsbm.uz elektron manziliga yuborilishi kerak.

Taqdim etilgan axborot aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgardir. Tezis matni tahrir qilingan va rasmiylashtirishning texnik talablarga qat'iy mos kelishi kerak. Ilmiylik va texnik rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan, shuningdek, plagiatga asoslangan maqolalar ko'rib chiqilmaydi (ular haqida ogohlantirishni yoki tuzatishni tashkiliy qo'mita o'z zimmasiga olmaydi).

Mualliflar faqat bitta tezis bilan ishtirok etishlari mumkin (hammuallif sifatida ikkinchi tezisga talabgorlik qilish huquqi beriladi). Konferentsiya yakunlari bo'yicha konfentsiya materiallari to'plami chop etilishi rejalashtirilgan. Ekspertlarning ijobiy tavsiyasini olgan va nashr xarajatlari uchun to'lovni amalga oshirgan mualliflarning tezislari konferentsiya to'plamida chop etiladi. Konferentsiya to'plami chiqadigan davrga qadar tezis chop ettirilishi yoki rad etilganligi bo'yicha ma'lumot berishni tashkiliy qo'mita o'z zimmasiga olmaydi.

Konferentsiyaning tashkiliy badali va materiallar to'plamining nashr xarajatlari sifatida tezisning har bir beti uchun 30000 so'm deb belgilangan (to'lov rekviziti: 8600332939470633 [Riksiev Nematjon]).

Zoom: https://bit.ly/3F1f1do

Tashkiliy qo'mita manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.

Tel.: (99871) 239-03-17, 239-03-02.

  • tezis hajmi: tezis matni 3-5 betdan oshmasligi kerak;
  • matn muharriri – Ms Word;
  • varaq formati – A4 o'lchovli, kitob shakli, matnning har bir tomonidan – 20 mm;
  • shrift: garnitura – Times New Roman, 14 keglь kattaligida;
  • xat boshi – 1,0 sm, qator oralig'i – 1,5 intervalda;
  • tezis yuqori qismida mavzu bosh harflarda yoziladi, bir qatordan keyin o'ng tomonda muallif ma'lumotlari ko'rsatiladi. (Muallifning telefon raqami ko'rsatilsin). Bir qatordan keyin tezisning asosiy matni beriladi;
  • jadval va grafiklar Ms Excel formatida; rasm va sxemalar Ms Word formatida; formulalar Ms Equation muharririda;
  • barcha jadval, grafik, rasm va sxemalarning manbasi va izohi keltirilishi shart;
  • foydalanilgan manba va adabiyotga havolalar asosiy matn ichida [1] ko'rinishda bo'lishi lozim (na'munaga qarang).
  • fayl muallifning familiyasi va ismi bilan nomlanadi (misol uchun: Shodmonov_Abdulla_tezis.doc).
  • Tezis yakunida muallif bilan bog'lanish uchun muallif uyali aloqa raqami ko'rsatilsin.

Shodmonov A.H. – Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

bo'lim bosh mutaxassisi, i.f.n., dots.

TEZISNING NOMI

        Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


1. Muallif. Manba yoki adabiyot nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili va boshqalar.


Shodmonov A.H. ((99)-000-00-00)