• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

«TIL O'RGANISHDA INNOVASIYALARNI QO’LLASH» MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENTSIYA

Joriy yilning 14-15 noyabr kunlari Italiyaning Florentsiya shahrida «Til o'rganishda innovasiyalarni qo’llash» mavzusida 12-xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Ikki kunlik forum til siyosati sohasidagi mutaxassislarni, butun dunyodagi milliy va xorijiy tillar o'qituvchilarini jamladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi transmilliy hamkorlikni rag'batlantirish va tillarni o'qitish va o'rganishda eng yaxshi tajribalar bilan o’zaro almashish edi.

Ushbu keng ko'lamli tadbirda "ICT learning advantages for English Language learners" va "The importance of implementing soft skills into Business English classes" mavzularida Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi o'qituvchilari Nodira Muxitdinova va Nasiba Valiyeva o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdilar.

Ular biznes ingliz tilini o'qitish, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash, maxsus o'quv uslubi va texnikasi, muloqot qobiliyatlari haqida so'zlab berishdi, bu esa haqiqiy hayot sharoitlarida muayyan kommunikativ muammolarni hal qilish uchun bilim va ko'nikmalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Konferentsiya, tillarni o'qitish sohasida avvalgi va davom etayotgan loyihalarni keng ommaga tadbiq etish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi.