• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv

2021 yil 18 fevral kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) rahbariyati BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Inklyuziv o’sish bo’limi rahbari, Diyora Kabulova, Inklyuziv o'sish bo'limi loyihalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutaxassisi Baxtiyor Rajabov, BMTTD Aid for Trade loyiha menejeri – Dilshod Akbarov va Promoting Youth Employment loyiha menejeri – Sagitjan Aytjanov bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning o'zaro manfaatli va istiqbolli yo'nalishlari, shu jumladan ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Oliy maktab rahbariyatiga BMTTD ning amaldagi va kelajakdagi loyihalar xamda tenderlar bilan tanishib chiqish uchun o’z takliflarini taqdim qilishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida navbatdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.