• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o’rinbosari bilan uchrashuv

2021 yil 14 aprel kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori - I.O’. Umrzaqov boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari - Sh.U. Turdikulova bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikning o'zaro manfaatli va istiqbolli yo'nalishlari, shu jumladan ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo’yicha muhokama olib borishdi.

 

Tomonlar ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning quyidagi jihatlarini muhokama qilishdi:

  • Respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining innovatsion yo’nalishlari va bo’limlarda faoliyat yuritadigan rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish, innovatsion faoliyat va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’ycha qisqa muddatli qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Loyiha boshqaruvi bo’yicha rahbar kadrlarni qayta tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslarni ishlab chiqish;
  • Ilm-fan, innovatsion va ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan Universitet 3.0 kontseptsiyasini joriy qilish masalalari;
  • Innovatsion g’oyalarni amaliy loyihalarga aylatirish mexanizmlari.

Yuqorida keltirib o'tilgan masalalar asosida, belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari bilan navbatdagi chora-tadbirlar, rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi, hamda ikki tashkilot o’rtasida o'zaro anglashuv memorandumini tuzish va ilgari surilgan barcha takliflarni qo'llab-quvvatlab, kelajakda samarali hamkorlik qilish umidi bildirildi.

Uchrashuv yuqori saviya va do'stona muhitda bo’lib o’tdi.