• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYANING ADJU UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV  

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) yetakchi chet el ta'lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o'rnatish va hamkorlikni rivojlantirish, ular bilan ta'lim va boshqa sohalarda qo'shma hamkorlik dasturlarini amalga oshirish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yil 15 yanvar kuni, Oliy maktab direktori v.v.b - I. O’. Umrzaqov boshchiligida Janubiy Koreyaning Adju (Ajou University) universiteti Xalqaro aloqalar bo’yicha birinchi prorektor, Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi dekani – professor Lim Jak (Lim Jake) va Adju universiteti professori Sang Vu Pak (Sang-Woo Pak) bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki ta'lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish istiqbollari bilan bog'liq masalalar bo’yicha muhokama olib borishdi.

Xususan, qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va tashkil etish bo'yicha, ikki tomonlama o'zaro quyidagi manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar:

Oliy maktab va Adju universiteti o'rtasida “Ikki diplom” (double degree) qo'shma, dasturlari, magistratura va doktorantura qo'shma loyihalarini, ikki ta’lim muassasalari o'rtasida tinglovchilar, xodimlar va professor-o'qituvchilar bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qo'shma mahorat darslari, anjumanlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni tashkil qilsih bo’yicha masalalar keng muhokama qilindi.

Yuqorida keltirib o'tilgan masalalar asosida, belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha Janubiy Koreya vakillari bilan keyingi rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi va o'z navbatida ular Oliy maktab tomonidan ilgari surilgan barcha takliflarni qo'llab-quvvatlab kelajakda samarali hamkorlik qilish umidini bildirishdi.

Muzokaralar har ikki tomon uchun an'anaviy ochiq va do'stona muhitda bo’lib o’tdi.