• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MASTER-KLASS: TRANSPORT TIZIMI ISLOHOTLARI

Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabining magistratura tinglovchilari uchun «Transport tizimi islohotlari» mavzusiga bag’ishlangan navbatdagi mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Mahorat darsining spikeri sifatida Oliy maktabning MBA magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi, O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent metropoliteni DUK "Chet mamlakatlar tajribasini o'rganish va xalqaro munosabatlar bo'limi" Matkarimov Salay Rustambekovich ishtirok etdi.

Master-klass keng qamrovli ma’lumotlar, statistik ko’rsatkichlar, transport logistikasidagi zamonaviy metodlar, transportda raqamli transformatsiyaning o’rni, logistikaning asosiy yo'nalishlari va dolzarb muammolari, logistika xizmatlari sohasida innovatsion yondashuvlar kabi masalalarni o’z ichiga oldi.

Mahorat darsi tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va mavzu bo'yicha ko'plab  fikr-mulohazalar bildirildi.

O’z navbatida Oliy maktab nomidan Matkarimov Salay Rustambekovichga yuqori saviyada o’tkazilgan master-klass uchun minnatdorchilik bildiramiz!