• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

YUJI AKABADAN MAHORAT DARSI

2020 yil 21 yanvar soat 11-00 da, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, Biznes va boshqaruv respublika Oliy maktabida (keyingi satrlarda – Oliy maktab) «Kompaniyani boshqarishda innovatsion usullardan foydalanish» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tadi.

Ma’ruzachi sifatida, Loyiha va korporativ boshqaruv bo’yicha ekspert – Yudji Akaba taklif qilingan.

Dastur quyidagilardan iborat:

- Butun tashkilot uchun yangi missiya va aniq maqsadni belgilash;

- Kelgusida sanoatdagi o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rayotgan yangi biznes strategiyasini ishlab chiqish;

- Tanlangan yangi strategiyaga mos keladigan tashkiliy tuzilmani o'zgartirish;

- Yuqori bo’g’indagi rahbarlar, boshqa menejerlar, o'rta menejerlar va xodimlarning xatti-harakatlaridagi o'zgarishlar;

- Umumiy korporativ harakat bilan kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash.

Shuningdek, innovatsiyalarni boshqarishning muhim tamoyillari:

- Tashkilotdagi barcha odamlar xursand bo'ladigan istiqbolli yo’nalishni yaratish;

- Bosh direktor tomonidan  aniq va uzluksiz xabarlarni taqdim qilish;

- O'zgarishlarni boshlash va tezlashtirish uchun tizimli va umumiy tashkiliy chora-tadbirlarni qabul qilish;

- O'zgarishlarni rag'batlantirish uchun kuchli «O'zgarish agentlari jamoasi» ni yaratish

- O'zgarishlarni amalga oshirish uchun etarli resurslarni ajratish

- Tashqi nou-xau va eng yaxshi amaliyotlarni qo'llash va ulardan foydalanish.

Malumot uchun:
Yuji Akaba - 14 yildan ortiq vaqt davomida McKinsey&Company kompaniyasida va Yaponiya, Koreya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya  va Vyetnamning turli kompaniyalarida innovatsiyalarni boshqarishda 33 yillik tajribaga ega.