• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

ALESSANDRO FIORENTINODAN MAHORAT-DARSI

2020 yil 14 yanvar kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, amaliy tajriba almashish, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, tinglovchilar uchun «Evropada transport-logistika sanoatini transformatsiyalashuvi» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Ma'ruzachi sifatida, o'z taqdimoti bilan «Grande Albergo Excelsior Vittora S.p.A.-Luxury Hospitability» direktorlar kengashi a'zosi va «MODE Consulting» (Italiya, Rim) kompaniyasi hamkori - janob Alessandro Fiorentino qatnashdi.

Janob Alessandro Fiorentino uzoq vaqt davomida Italiya va chet davlatlarida xususiy va davlat sektorlarida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing boshqaruvi, xalqaro biznesni rivojlantirish, bozor tadqiqotlari, tashkiliy dizayn va salohiyatni oshirish sohalarida ishlagan. Uning yuqori darajadagi tajribasi oilaviy biznesdan Deloitte Consulting va Trenitalia singari yirik tashkilotlarga qadar bo'lgan va turli kompaniyalarda Direktorlar kengashi a'zosi sifatida ishlagan. Shuningdek, bugungi kunda «O'zbekiston temir yo'llari» AJning temir yo'l infratuzilmasini va umuman kompaniyaning rivojlantirish bo'yicha amaldagi maslahatchisi hisoblanadi.

Strategik marketing va xizmatlarni rivojlantirish bo'yicha kata tajribaga ega ekspert murabbiy sifatida, tinglovchilar bilan transport logistikasi sohasidagi shaxsiy va professional kuzatuvlar bilan o'rtoqlashdi, shuningdek, Italiya va Germaniya transport sohasi, jumladan, transport logistikasini rivojlantirish bosqichlari va ikki mamlakat milliy logistikasi qonuniy-huquqiy tartibga solish bo'yicha foydali ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, transport xizmatlari bozori, Evropada transport-logistika xizmatlarining hozirgi holati va uni rivojlantirish, transport va temir yo'l infratuzilmasi, Italiyada yuk va yo'lovchi tashish shaffofligi haqida so'zlab berdi.

Mahorat-darsining yakuniy qismida, janob Alessandro Fiorentino ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.