• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MAMLAKAT IQTISODIY TARAQQIYOTIDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISHNING AHAMIYATI

 

2020 yil 19 noyabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlashtirishning ahamiyati” mavzusida (onlayn shaklda) mahorat darsi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi “Moliyaviy dasturlash” bo'limi boshlig'i Fayzullaev Yadgar Shukurullaevich o'z ma'ruzasi bilan, ishtirok etdi.

O'z nutqida asosiy e'tiborni mamlakatimizda 2016-2019 yillarda erishilgan makroiqtisodiy natijalar, tashqi savdo aylanmasi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, 2017-2019 yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan islohotlar, mavjud muammolar tahlili, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida O'zbekiston iqtisodiyotini qo'llab-quvvatlash choralari, iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish usullarini tanlash, davrlarni tahlil qilish va prognozlashtirish, iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqishning asosiy tamoyillari hamda prognozlashtirish chora-tadbirlari kabi masalalar muhokama etildi.

Taqdimot nazariy va amaliy materiallarga boy bo'lib, tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Mavzu bo'yicha ko'plab savol-javoblar va fikr-mulohazalar bildirildi.