• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MALAYZIYA: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Joriy yilning 5 mart kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori, (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegasiyaning Malayziyaga tashrifi doirasida, Kuala - Terenggan shahrida joylashgan eng yirik oliy o'quv yurtlaridan biri-Sulton Zaynal Abidin universiteti (UniSZA) rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu tashrif O'zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasining bevosita ko'magi bilan tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Oliy maktab va UniSZA o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, tinglovchilar va xodimlar almashinuvi bo'yicha qo’shma dasturlarni ishlab chiqish, qisqa muddatli qo'shma kurslarni joriy etish, mahorat darslari, seminarlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish kabi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik o'rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ikki tomon ham hamkorlikni kengaytirish, qo’shma o'quv loyihalarini tadbiq qilishga ishonch bildirib qolishdi.

Malumot uchun:

Sulton Zaynal Abidin universiteti (UniSZA) Malayziyadagi davlat oliy ta'lim muassasasidir. UniSZA 2005 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda u Malayziyaning etakchi ta'lim muassasalaridan biri sanalib, milliy reytingda universitetlarning eng nufuzli beshligiga kiritilgan. UniSZA juda yosh ta'lim muassasasi bo’lishiga qaramay, Malayziya milliy reytingida o’z mavqega ega yuqori o'rinlarni egallab turibdi.