• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Magistraturaning yangi yo’nalishi bo’yicha test sinovlari bo’lib o’tdi

2021-yil 16-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)” magistratura mutaxassisligiga 2021-2022 o‘quv yili uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur test sinovlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilidi.

Test sinovlari menejment, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda ingliz tili fanlaridan o‘tkazilib, har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test savollari taqdim qilindi.

Magistraturaga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar ro'yxati va test sinovlarining natijalari Oliy maktabning rasmiy www.rgsbm.uz veb-saytida e'lon qilinadi.