• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MAGISTRATURA YO’NALISHIDA AN’ANAVIY TARZDA DARS JARAYONLARI BOSHLANDI

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida (keying o’rinlarda – Oliy maktab) an’anaviy shaklda ta’lim jarayonlari boshlandi.

Shu munosabat bilan, 18-noyabr 2020 yil Oliy maktab tomonidan sanitariya-me'yor qoidalariga qat'iy amal qilgan holda, binoda magistrantlar va xodimlar nazoratda bo’lishi xaqida tushuntirish berildi. Unda Oliy maktab direktori v.v.b., i.f.d, professor Xasanov Rustam Rabbimovich zaruriy vazifalar belgilab berdi va magistratura tinglovchilariga o’qishlarida omad va zafarlar tiladi.

Oliy maktabning Ta'lim tizimini metodik ta'minlash va Magistratura dasturlarini amalga oshirish bo'limlari tomonidan ishlab chiqilgan reja-grafik asosida, “Biznesni boshqarish” va “Loyiha boshqaruvi” yo’nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar, karantin qoidalariga to’liq amal qilgan holda an’anaviy dars jarayonlarida qatnashishmoqda.