• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

KUTUBXONA FONDIGA XORIJIY NASHLAR SOVG’A QILINDI

Madaniyat elementlaridan biri bu - kitobdir. Kutubxonaga kitob hadya qilish an'anasi asrlar davomida mavjud bo'lib, bugungi kungacha yetib kelgan. Kutubxonalar jamiyat manfaatida foydalanish uchun ulkan resurs va imkoniyatlarga ega. Shuning uchun, sovg'ani, birinchi navbatda, bilimga sarmoya sifatida, inson kelajagi ustuni sifatida qaraladi.

Bugun, 14 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) axborot-resurs markazi 40 dan ortiq yangi xorijiy nashrlar bilan to'ldi.

Ushbu kitoblarni beg‘araz sovg’a tariqasida ko’p yillik xamkorimiz Handong Global universiteti (Janubiy Koreya) taqdim qildi. Nashrlar iqtisodiy tadqiqotlar uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega, sababi ular iqtisodiyot, biznes, marketing, buxgalteriya, loyiha boshqaruvi, menejment va boshqa sohalarda taniqli dunyo olimlarining izlanishlarini o'z ichiga oladi.

Oliy maktab jamoasi Handong Global universitetiga kitob fondiga qo'shgan hissalari uchun minnatdorlik bildiradi.