• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

KIMYO SANOATI MUTAXASSISLARI UCHUN MAXSUS-O’QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI

         Joriy yilning oktyabr oyida, Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus o'quv dasturi asosida, Chirchiq shaxridagi «O’zkimyosanoatloyiha» AJ korxonasining loyihalarni boshqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va ixtisoslashtirilgan bo'linmalar xodimlari uchun “Loyiha boshqaruvi asoslari” mavzusida maxsus 10 kunlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.


         Ma’ruzachilar tomonidan Loyiha boshqaruvi asoslari, loyiha tashkil etilish jarayonida guruhlar tarkibi va tuzilishini, jarayon guruhlarini, bilim sohalarini, shuningdek loyihalarni boshqarishning umumiy metodologiyasini o‘rganadigan nazariy materiallar bilan bir qatorda real loyihalarni boshqarish tajribasiga asoslangan ko‘plab amaliy misollar ko‘rib chiqildi.

         Tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazishning yuqori darajasini, multimedia tarzidagi taqdimotlar va amaliy mashg‘ulotlar,  ko‘plab ko‘rgazmali misollar, darslarda ko‘rib chiqilayotgan materiallarning mazmuni va dolzarbligini alohida qayd etib, tashkilotchi va ma'ruzachilarga, yuqori saviyada tashkil etilgan maxsus malaka oshirish o‘quv kursi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

         Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshiriladi.