• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

OZBEKISTON RESPUBLIKАSI IQTISODIY TАRАQQIYOT VА KАMBАGАLLIKNI QISQАRTIRISH VАZIRLIGI

BIZNES VА TАDBIRKORLIK OLIY MАKTАBI

 

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

АXBOROT XАTI

 "Kapital bozorini rivojlantirish va xususiylashtirish sharoitida korporativ boshqaruvni takomillashtirishning dolzarb masalalari"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi 78-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilning 29 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikаsi Iqtisodiy tаrаqqiyot vа kаmbаg‘аllikni qisqаrtirish vаzirligi huzuridagi Biznes vа tаdbirkorlik oliy mаktаbi Janubiy Koreyaning Handong Global universiteti bilan hamkorlikda “KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA XUSUSIYLASHTIRISH SHAROITIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA tashkillashtirilmoqda.

Ilmiy-amaliy konferensiya tili: o‘zbek, ingliz va rus tillari.

Tezislar 2022 yilning 15 iyunigacha  conference@rgsbm.uz elektron manziliga yuborilishi mumkin.

Taqdim etilgan axborot aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgardir. Tezis matni tahrir qilingan va rasmiylashtirishning texnik talablariga qatʼiy mos kelishi kerak. Ilmiylik va texnik rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan, shuningdek, plagiatga asoslangan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi (ular haqida ogohlantirish yoki tuzatishlar qilishni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga olmaydi).

Mualliflar faqat bitta tezis bilan ishtirok etishlari mumkin (hammuallif sifatida ikkinchi tezisga talabgorlik qilish huquqi beriladi). Konferensiya yakunlari boyicha konferensiya materiallari toplami chop etilishi rejalashtirilgan. Ekspertlarning ijobiy tavsiyasini olgan va nashr xarajatlari uchun tolovni amalga oshirgan mualliflarning tezislari konferensiya toplamida nashr etiladi. To‘plamning chop etilish davriga qadar tezis chop etilishi yoki rad etilganligi bo‘yicha maʼlumot berishni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga olmaydi.

 

Tezislar imlo va mazmun jihatidan tahrirlangan va rasmiylashtirishning quyidagi texnik talablariga muvofiq bo‘lishi zarur:

  • tezis hajmi: tezis matni 3-5 betdan oshmasligi;
  • matn muharriri – Ms Word;
  • sahifa formati – А4 o‘lchovida, kitob shaklida matnning har bir tomonidan – 20 mm qoldirilishi;
  • shrift – Times New Roman, o’lchovi (kegl) – 14;
  • xat boshi – 1,0 см, qator oralig‘i – 1 intervalda;
  • tezisning yuqori qismida mavzu bosh harflarda yoziladi, bir qator tashlab o‘ng tomonda muallifning maʼlumotlari ko‘rsatiladi. (Muallifning telefon raqami ko‘rsatilsin). Yana bir qator tashlanib tezisning asosiy matni beriladi;
  • jadval va grafiklar Ms Excel formatida; rasm va sxemalar Ms Word formatida; formulalar Ms Equation muharririda; barcha jadval, grafik, rasm va sxemalarning manbasi va izohi keltirilishi shart;
  • foydalanilgan manba va adabiyotga havola asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang);
  • fayl muallifning familiyasi va ismi bilan nomlanadi (misol uchun: Shodmonov_Abdulla_tezis.doc).
  • tezis yakunida muallif bilan bog‘lanish uchun muallifning uyali aloqa raqami ko‘

Konferensiyaning tashkiliy badali va materiallar toplamining nashr xarajatlari sifatida tezisning har bir beti uchun 30000 som deb belgilangan (tolov rekviziti: 8600332939470633 [Riksiev Nematjon]).

Tashkiliy qomita manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.

Tel (99871) 239-03-17, 239-03-02.

 

Taqdim etiladigan tezislarni tarkibi boyicha namuna

 

                                                               Shodmonov A.X.– Biznes va tadbirkorlik

                                                     Oliy maktabi bolim bosh mutaxassisi, i.f.n., dots.

 

                                              TEZISINING NOMI

Аsosiy matn. Аsosiy matn. Аsosiy matn [1]. Аsosiy matn. Аsosiy matn. Аsosiy matn. Аsosiy matn. Аsosiy matn. Аsosiy matn. Аsosiy matn.

 

                                              Foydalanilgan adabiyotlar royxati

  1. Muallif. Manba yoki adabiyot nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili va boshqalar.

                                              Shodmonov A.X. (99)-000-00-00)