• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYALIK PROFESSORLARDAN KAPITAL BOZORI BO’YICHA MAXSUS ONLAYN MA'RUZALAR

2021 yil 22-23 noyabr kunlari, Zoom platformasi orqali, Janubiy Koreyaning Xandong Global universiteti va Sogan universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan, UNESCO/UNITWIN ta’lim dasturi doirasida, Oliy maktab professor-o’qituvchilari, xodimlari va magistratura tinglovchilari uchun “Kapital bozori” mavzusiga bag’ishlangan maxsus onlayn ma'ruzalar o’tkazildi.

2 kun davom etgan ma'ruzalar davomida quyidagi dolzarb mavzular haqida so’z yuritildi:

  • Koreya misolida kapital bozorini rivjlanish bosqichlari;
  • Kapital bozorlarida baholash, aktivlarni narhlash;
  • Osiyoning moliyaviy bozorlaridagi inqirozlar;
  • Qimmatli qog’ozlar bozoriga qaratilgan kapital bozori;
  • Yaqin va uzoq muddatli aktivlarni boshqarish, risklarni to’g’ri baholash.

Tadbirning jonli va interaktiv formati, ishtirokchilarga, kapital bozori bo’yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkonini berdi va ko'plab yangi ma'lumotlarga ega bo’lishdi.