• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASINING OLIY MAKTABGA NAVBATDAGI TASHRIFI

Joriy yilning 5 - 7 aprel sanalarida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida (keyingi o’rinlarda - Oliy maktab), UNESCO/UNITWIN ta’lim dasturi doirasida, Handong Global Universiteti (Janubiy Koreya) professori, Koreya Prezidentining sobiq kotib yordamchisi – janob Jinvon An boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi bo’lib o’tadi.

Tashrif davomida Handong Global Universiteti professorlari tomonidan maxsus ma’ruzalar o’tkazish, Oliy maktab professor-o'qituvchilari uchun Open Course Ware (OCW) grantining taqdimoti, ikki diplomlik magistratura va shu yilgi yozgi ta’til davrida Global Business Expedition (G-Bex) loyihasi doirasida Oliy maktab magistratura tinglovchilarining Janubiy Koreyada malaka oshirish dasturini tiklash kabi masalalarni muhokama qilish ko’zda tutilgan.