• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI VA OLIY MAKTAB VAKILLARINING NAVBATDAGI ISHCHI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

Bugun O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) xalqaro UNESCO/UNITWINdasturi doirasida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Delegatsiya Janubiy Koreyaning sobiq Moliya va sanoat, savdo va resurslar vaziri - doktor Jae Yong Pak, Handong Global universiteti professorlari doktor Jin Von Ann va doktor Bomxa Ji, Sogang universiteti professori doktor Yong Saek Pak, Adju universiteti professori - doktor Su Duk Kim, Xannam universiteti professori - doktor Jong Von Kim lardan tarkib topgan.

28 iyundan 2 iyulga qadar davom etishi rejalashtirilgan tashrif davomida Oliy maktab magistratura tinglovchilari uchun maxsus seminar-trening va master-klasslar o’tkazilishi bilan bir qatorda, ularning Janubiy Koreyada qisqa muddatli malaka oshirish dasturini qayta tiklash ko’zda tutilgan.

Shuningdek, 29 iyun kuni Oliy mаktаb va Handong Global universiteti bilan hamkorlikda “Kapital bozorini rivojlantirish va xususiylashtirish sharoitida korporativ boshqaruvni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi. Konferensiyada Oliy maktabning professor-o’qituvchilari, magistratura tinglovchilari va mehmon spikerlar o’z taqdimotlari bilan chiqish qiladilar.