• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XODIMLARI TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o'rinlarda - iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o'qitilayotgan fanlarning amaliyot bilan bog'liqligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ayniqsa, iqtisodiy taraqqiyot vazirligi asosiy faoliyati bilan kengroq tanishtirish maqsadida biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari uchun Vazirlikning departament va boshqarmalarining tajribali mutaxassislari ishtirokida 2020 yil noyabr – 2021 yil fevral oylari oralig'ida har hafta mahorat darslari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Birinchi mahorat darsi 2020 yil 19 noyabr soat 15:00 da “Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlashtirishning ahamiyati” mavzusida (onlayn shaklda) o'tkaziladi.

Ma'ruzachilar sifatida quyidagi ekspertlar taklif qilingan:

- O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "iqtisodiy o'sishni hududlar hamda sifat omillari kesimida tahlil qilish va prognozlash" boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari – Nasriddinov Fazliddin Fayzullaevich;

- O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "moliyaviy dasturlash" bo'limi boshlig'i – Fayzullaev Yadgar Shukurullaevich.