• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan o'tkazilgan o'quv kurslari bo'yicha ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan 2021 yil 15 fevral kunidan hududlarda Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo'ljallagan aholi qatlamlari uchun” qisqa muddatli o'quv kursi, Tadbirkorlarni biznesni boshqarish va rivojlantirish ko'nikmalariga o'qitish bo'yicha bepul o'quv kurslari tashkil etilib kelinmoqda.

2021 yil 25 may kuniga qadar jami 171 ta o'quv kurslari tashkil etildi hamda 3046 nafar tinglovchilar  o'quv kurslariga jalb etildi. 2125 nafari (07.05.2021 yil holatiga) o'quv kurslari yakunida sertifikatlar bilan taqdirlandilar. O'quv kurslarida qatnashgan tinglovchilarning 1002 nafarini yoshlar, 1865 nafarini ayollar tashkil etadi. O'quv kurslariga “Ayollar daftari”ga kiritilgan 773 nafar xotin-qizlar qatnashib 489 nafari Oliy maktab tomonidan o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi sababli sertifikat bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1158 nafar tinglovchidan 926 nafari Oliy maktab tomonidan o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi sababli sertifikat bilan taqdirlandilar.

Bugungi kunda tinglovchilardan 553 nafari o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborganlar hamda 1322 nafar tinglovchilar o'z faoliyatini boshlash arafasida turibdilar.

 

Hududlarda aholini (yoshlar va xotin-qizlar) tadbirkorlikka o'qitilgan tinglovchilar to'g'risida ma'lumot

Hudud

O’quv kurslarida qatnashganlar

Biznesni boshlaganlar soni

Ayollar soni

% hisobida

Yoshlar soni

% hisobida

“Ayollar daftari”

“Yoshlar daftari”

1

Qoraqalpog'iston Respublikasi

146

4,79

130

4,26

7

45

2

Xorazm viloyati

128

4,20

45

1,47

12

23

3

Buxoro viloyati

192

6,30

76

2,49

18

12

4

Navoiy viloyati

90

2,95

73

2,39

11

15

5

Surxondaryo viloyati

164

5,38

87

2,85

0

25

6

Qashqadaryo viloyati

99

3,25

18

0,59

6

10

7

Samarqand viloyati

162

5,31

127

4,16

20

36

8

Jizzax viloyati

77

2,52

144

4,72

2

13

9

Sirdaryo viloyati

186

6,10

21

0,68

20

11

10

Namangan viloyati

143

4,69

105

3,44

14

62

11

Farg'ona viloyati

119

3,90

88

2,88

18

12

12

Andijon viloyati

242

7,94

33

1,08

8

0

13

Toshkent viloyati

117

3,84

55

1,80

2

2

 

Jami

1865

61,17

1002

32,81

138

266