• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

ICA XALQARO KOMPLAYENS MALAKA OSHIRISH KURSLARI

 

                Markaziy Osiyo va mamlakatimizda ilk bor Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda – Oliy maktab) Xalqaro Komplayens Assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda – ICA) o’rtasida eksklyuziv hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, malaka oshirish kurslari tashkil qilinganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

            Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar xodimlarini komplaens va korruptsiyaga qarshi tizimlar, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish, moliyaviy jinoyatlar, firibgarlik va sanksiya xavflarini oldini olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va tajribalarini xalqaro standartlariga muvofiq o‘rgatish.

            Oliy maktabning eksklyuziv hamkori sifatida, ICA, tinglovchilar uchun barcha malaka oshirish kurslarini juda qulay bo‘lgan chegirmalar bilan taklif etadi. 

Tashkilotga ICA malakasiga ega bo‘lgan xodimlar

nima uchun kerakligini 4-ta asosiy sabablari:

  • Xatar (risk) pastligi

                ICA malakasi birinchi navbatda tashkilotingizda huquqiy, jinoiy yoki obro‘-e'tibor xavflarni qanday kamaytirishni o'rganishga qaratilgan. Agar tashkilotingizda risklar bo'yicha yetarlicha tushuncha bo'lmasa, u holatda bunday xatarlarga munosib javob qaytara olmasligi mumkin.

  • Samaradorlik, rentabellik

            ICA kurslarini tamomlagan hodimlar, tashkilotga Tahdid solishi mumkin bo'lgan holatlarni oldindan nazorat qilish orqali muhim resurslarni tejajga muvaffaq bo'lishadi.

  • Ustunlik

            Tahdidlarni aniqlash (xavf-hatarlar) bo'yicha yetarlicha tushuncha va ma'lumot bo'lsa, tashkilot ularga qay tarzda javob berishi mumkin bo'lgan yo'llarini nazorat qila oladi. To'g'ri amalga oshirilgan hatti harakatlar orqali, mijozlar oldida nafaqat tashkilotingizning obro'si, balki uning imidjiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

  • Kasbiy majburiyat

            Xodimlarga sarmoya kiritib, siz ularning kasbiy ko‘nikmlarini rivojlanishi va professionalligini oshirishga sodiqligini namoyish etasiz. Bundan tashqari, komplayens bo‘yicha xalqaro biznes standartlariga muvofiq ish yuritayotgan yetakchi tashkilotlar qatoridan o‘rin olasiz.

            Shuni eslatib o‘tamizki, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash, qonun talablarining buzilish xavfining oldini olish, ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplaens) va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-sonli “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

            Hujjatga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xodimlarida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish va muntazam ravishda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ularning malakasini oshirish yuzasidan o‘qitish yo‘li bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga doir fikrlarini rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.

            Kurslarni muvaqqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga nufuzli sanaladigan xalqaro ICA sertifikati topshiriladi.

            Mazkur kursda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar 71 239-03-10, 71 239-03-05 raqamlari yoki info@rgsbm.uz elektron manziliga xat orqali murojaat qilishlari mumkin.