• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

HOKIMLIK VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENINGNI UCHINCHI KUNI O'Z YAKUNIGA ETDI

Joriy yil 21 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlari hokimlarining birinchi o'rinbosarlari uchun seminar-treningning 3-kuni o'z yakuniga etdi.

Ishtirokchilar uchun quyidagi mavzular yoritib berildi: Soliq ma'murchiligi, soliq tizimidagi islohotlar; soliq, bojxona va ularning xufiyona iqtisodiyotni aniqlashdagi ahamiyati, Davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, Qonun ustuvorligi va mulk daxlsizligini ta'minlash, Agrar sohadagi islohotlar: Klaster tizimiga o'tish, yerlarni xususiylashtirish va fermerlar huquqlarini himoya qilish.

Ushbu guruh uchun seminar-trening 22 yanvar kuni o’z yakuniga yetadi.